Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Amir Temur buyuk davlat asoschisi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 15-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 9 aprel kuni institutning 1-sonli Talabalar turar joyida, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 9 – aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludiga bag‘ishlab “Amir Temur buyuk davlat asoschisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashi deputati, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Yu.Manzarov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.Allanazarov, M.Mamasoliyev, B.Imomov, “Kasb ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Abdiyeva hamda 50 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.