Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Biz buyuk millat faxri, Amir Temur farzandlarimiz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 15-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 9 aprel kuni insitutning “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi Buyuk sarkarda va Davlat arbobi Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlangan “Biz buyuk millat faxri, Amir Temur farzandlarimiz” mavzusidagi badiiylashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, kafedrasi mudiri, professorYu.Ergasheva,O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi viloyat xarbiy qism komandiri o‘rinbosari kapitan M.Ma’murov, Mudofaa Vazirligi Harbiy qisimining Yoshlar tashkilot yetakchisi E.Axmadjonov, professor-o‘qituvchilari B.Jalilov, Ch.Temirova, Q.Mahmanazarov, N.Quziev, P.Xoliqov, hamda 70 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida iqtidorli talaba-yoshlar o‘z chiqishlarida buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur tuzuklaridan lavhalar va sahna ko‘rinishlarini ijro etishdi.