Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Rektor va professor-o‘qituvchilar uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 5-bandi ijrosini institutda samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida 2019 yil 9 aprel kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Geologiya va konchilik fakulteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida hamkorlik pedagogikasi va uning vositasida ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish yuzasidan institut rektorining 2019 yil 8 aprelda tasdiqlangan “Ochiq muloqotlar oyligi” jadvali doirasida “Rektor va professor-o‘qituvchilar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda, institut rektori N.Maxmudov, institut prorektorlari O.Bozorov, Z.Botirov hamda 65 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.