Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Amir Temur izdoshlari marofoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2018 yil 20 sentabr kuni o‘tkazilgan “Jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi muhim vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni hamda 2017 yil 3 iyundagi “Jimoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chorata-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarori ijrosini ta’minlash aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida 2019 yil 10 aprel kuni Qarshi shahrida “Amir Temur izdoshlari yugurish marofoni” o‘tkazildi.

Marafonda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 4000 nafar professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari faol ishtirok etishdi.

Marafon yakuniy natijalarga ko‘ra, Oliy ta’lim muassalari o‘rtasida o‘tkazilgan yugurish marofoninida faxrli 1-o‘rinni institutning Muhandis-texnika fakulteti “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yo‘nalishining 156-16 guruh talabasi Mashhur Eshonqulov, 2-o‘rinni Geologiya va konchilik fakulteti “Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi” ta’lim yo‘nalishining 106-17 guruh talabasi Firdavs Toshmurodov, 3-o‘rinni Muhandis-texnika fakulteti “Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishining 156-18 guruh talabasi Elbek Botirov loyiq deb topildi.

Marafon so‘ngida, viloyat hokimligi tomonidan faxrli o‘rinlarni egallagan talaba-yoshlariga 1-2-3- darajali diplom hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.