Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Rektor va professor-o‘qituvchilar uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 5-bandi ijrosini institutda samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida 2019 yil 10 aprel kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Muhandis-texnika fakulteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida hamkorlik pedagogikasi va uning vositasida ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish, pedagogik muloqotda muomala mudaniyatini yanada yuksaltirish, ta’lim sohasiga oid ulkan o‘zgarishlar va mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodlari va tashkiliy shakllari yuzasidan institut rektorining 2019 yil 8 aprelda tasdiqlangan “Ochiq muloqotlar oyligi” jadvali doirasida “Rektor va professor-o‘qituvchilar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda, institut rektori N.Maxmudov, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov hamda 64 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.