Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Xotin-qizlar o‘rtasida “Sog‘lom ayol – sog‘lom avlod” shiori ostida ommaviy sport musobaqalari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 2018 yil 20 sentabr kuni o‘tkazilgan majlis bayonining (2018 yil 24 sentabrdagi 16428-xh-son) 4-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus vazirligining “Oliy ta’lim tizimidagi xodimlarning sog‘lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya ko‘nikmasini shakllantirish va sportning ommaviyligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlash maqsadida 2019 yil 9-11 aprel kunlari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institut Xotin-qizlar kengashi, institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda, institut xotin-qiz professor-o‘qituvchilari, o‘quv-yordamchi xodimlar va ishchi-xodimlar o‘rtasida “Sog‘lom ayol – sog‘lom avlod” shiori ostida ommaviy sport musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqalar 2 bosqichda 300 metrga yugurish hamda to‘p kapitanga (ko‘l to‘pi o‘yinining bir ko‘rinishi) sport turlari asosida tashkil etildi.

Musobaqa yakunida, musobaqalarda g‘olib bo‘lgan va faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarga institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan, diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.