Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Fan taraqqiyotida kosmonavtikaning o‘rni

2019 yil 11 aprel kuni Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti Akademik litseyida 12 aprel–Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni munosabati bilan Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti Energetika fakultetining “Fizika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Fan taraqqiyotida kosmonavtikaning o‘rni” mavzusidagi ilmiy-amaliy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, QarMII Akademik litsey direktori A.Qudratov, institutning “Fizika” kafedrasi mudiri, dosfent G.Ishmurodova, “Fizika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Q.Tursunov, B.Kenjaev, M.Qorjovov, E.Maxmanov, K.Xoliqov, U.Xolov, Akademik litsey o‘quvchilari hamda 90 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan, 1961 yilning 12 aprelida sovet kosmonavti Yuriy Gagarin fazoga ilk parvozi va O‘zbek millatining ilk kosmonavti Solijon Sharipov–ekanligi, S.Sharipovning kosmosga ikkinchi parvozi 2004 yilning 14 oktabridan 2005 yilning 25 apreligacha davom etganligi va parvoz davomida u ikki bor ochiq kosmosga chiqqanligi haqida tushunchalar berib o‘tishdi.