Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Qizlar – millat kelajagi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5325-sonli Farmoni hamda 2018 yil 2 iyuldagi “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3827-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2019 yil 12 aprel kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huqubuzarliklarni oldini olish, ayollarni kamsitish va oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashish, xotin-qizlarga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar, talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Qizlar – millat kelajagi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, Qarshi shahar 3-sonli IIB xotin-qizlar bo‘yicha profilaktika inspektori, mayor M.Nazarova, 4-sonli IIB jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili, leytenant S.Haqberdieva, institut Xotin-qizlar kengashi raisi Yu.Raxmanova, IIV Akademiyasi kursantlari H.Kamolova, M.Mirzayeva, “Fidokor yoshlar” guruhi a’zosi D.Uzoqova, institut professor-o‘qituvchilari Sh.Jumayeva, U.Shabarova, R.Pirnazarova hamda 62 nafar talaba-qizlar ishtirok etishdi.