Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish muhim vazifa

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huqubuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-2833-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2019 yil 1 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida, Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish muhim vazifa” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektoriA.Xayriddinov, Qarshi shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik F.Ibragimov, Qarshi shahar IIB Tergov bo‘limi katta tergovchisi, kapitan Sh.Agaev, Qarshi shahar 3-son IIB boshlig‘i, podpolkovnik I.Jaxongirov, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” bo‘limi boshlig‘i, kapitan O.Safarov, profilaktika inspektori, kapitan X.Xamidov fakultet dekanlari, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.