Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Talaba-yoshlari o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish dolzarb vazifa

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huqubuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-2833-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2019 yil 1 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida, Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Talaba-yoshlari o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish dolzarb vazifa” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektoriA.Xayriddinov, Qarshi shahar 3-son IIB boshlig‘i, podpolkovnik I.Jaxongirov, Qarshi shahar IIB Tergov bo‘limi katta tergovchisi, kapitan Sh.Agaev, Qarshi shahar 3-son IIB “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” bo‘limi boshlig‘i, kapitan O.Safarov, profilaktika inspektori, kapitan X.Xamidov fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar hamda 80 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.