Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

9 – May “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan marhum sport murabbiysi Chori Hamraev xotirasiga bag‘ishlab sportning Kurash turi bo‘yicha Xotira turniri o‘tkazildi

2019 yil 7 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusining ikkinchi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tashabbusi ijrosini ta’minlash hamda 9 – May “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan marhum sport murabbiyi Chori Hamraev xotirasiga bag‘ishlab viloyat oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari, shahar va tumanlarining uyumagan yoshlari o‘rtasida sportning Kurash turi bo‘yicha “Xotira turniri” o‘tkazildi.

Turnirda, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Qarshi davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali sportchi talaba-yoshlari, Qarshi shahrining 8ta mahallasidan hamda 6ta tumanlaridan tashrif buyurgan sportchi yoshlari o‘zaro bellashishdi.

Turnirning yakuniy natijalariga ko‘ra bosh sovrin 500000 ming so‘m pul mukofoti bilan uyushmagan yoshlar orasidan Shernazarov Jaloliddin, ikkinchi darajali sovrin 300000 ming so‘m pul mukofoti bilan institutning Neft va gaz fakultetining 2-kurs talabasi Tojiev Odil, uchinchi darajali sovrin 200000 ming so‘m pul mukofoti bilan institutning Texnologiya fakulteti 3-kurs talabasi Tuychiev Faxriddin taqdirlandi.