Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Siz hamon qalbimizda yashaysiz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 15-bandi ijrosini institutda samarali amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan 2019 yil 7 may kuni institutning Texnologiya fakultetida O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodining ulkan ahamiyatini inobatga olib, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, ajdodlarimizning ma’naviy merosi bilan faxrlanish va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish hamda shoir tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlab, talaba-yoshlar o‘rtasida, “Siz hamon qalbimizda yashaysiz” mavzusidagi badiiy-musiqali tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, shoira Sevinchbegim Xizrzoda, fakultet dekani Sh.Axmedov, fakultetning “Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini I.Nazarov, “Xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.Abdiraximova, O.Xalilova hamda 75 nafar talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida, fakultetning iqtidorli talaba-yoshlari shoir tavalludiga bag‘ishlab badiiy chiqishlar, vatanni madh etuvchi mumtoz musiqalar, sahna ko‘rinishlari va she’rlar ijro etishdi.