Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Sportning mini futbol, voleybol turi bo‘yicha “Yo‘nalish birinchiligi” musobaqasi o‘tkazildi

2019 yil 8 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusining ikkinchi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tashabbusi ijrosini ta’minlash hamda may oyi “Sport oyligi” doirasida 2019 yil 8 may kuni institutning Muhandis-texnika fakulteti “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yo‘nalishining barcha guruh talabalari- o‘rtasida sportning mini futbol, voleybol turlari bo‘yicha “Yo‘nalish birinchiligi” musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, ta’lim yo‘nalishning 156-18-guruh jamoasi 1-o‘rinni, 157-18-guruh jamoasi 2-o‘rinni, 158-18-guruh jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.