Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Yoshlar – ertangi hayotimiz nihollari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusining ijrosini ta’minlash hamda 2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”ga bag‘ishlab 2019 yil 8 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tomonidan, Koson tumanidagi 9-umumiy o‘rta-ta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar – ertangi hayotimiz nihollari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, Texnologiya fakulteti dekani Sh.Axmedov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Z.Eshonqulov, institut professor-o‘qituvchilari I.Nazarov, O.Ikromov, Koson tuman 9-umumiy o‘rta-ta’lim maktab direktori D.Boborajabov, maktab o‘qituvchilari hamda 150 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida, institutning “Barkamol avlod” badiiy jamoasi va iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan 5ta muhim tashabbusni ifodolovchi sahna ko‘rinishlari, she’r va qo‘shiqlar ijro etishdi.