Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Sportning voleybol turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi

2019 yil 11 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusining ikkinchi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tashabbusi ijrosini ta’minlash hamda 9 – May “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan institut terma jamoasi hamda Nishon tumani, Nuriston Qo‘rg‘onining 08579-sonli Harbiy qismning muddatli xarbiy qizmatni o‘tayotgan oddiy askarlari o‘rtasida sportning voleybolturi bo‘yicha “O‘rtoqlik uchrashuvi” musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra mazkur o‘rtoqlik o‘yinida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti jamoasi g‘alaba qozondi.