Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Sportning voleybol turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida “Fakultet birinchiligi” musobaqalari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusining ikkinchi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tashabbusi ijrosini ta’minlash hamda may oyi may oyi “Sport oyligi” doirasida 2019 yil 10-11 may kunlari institutning Neft va gaz fakultetining barcha yo‘nalishlarining talaba-qizlari o‘rtasida sportning voleybolturi bo‘yicha “Fakultet birinchiligi” musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, fakultetning “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi talaba-qizlardan tuzilgan terma jamoa 1-o‘rinni, fakultetning “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi talaba-qizlardan tuzilgan terma jamoa 2-o‘rinni, fakultetning “Texnologik mashinalar va jihozlar” ta’lim yo‘nalishi talaba-qizlardan tuzilgan terma jamoa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib bo‘lgan talaba-qizlar institut rektorining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.