Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Viloyat iftixorlari yoshlar davrasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusining ikkinchi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tashabbusi ijrosini ta’minlash hamda may oyi “Sport oyligi” doirasida 2019 yil 13 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Texnologiya fakultetida Nasaf PFK bilan hamkorlikda, talaba-yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularda ona Vatanga sodoqat tuyg‘ularini kamol toptirish maqsadida “Viloyat iftixorlari yoshlar davrasida” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida, institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Xayriddinov, Texnologiya fakuleteti dekani Sh.Axmedov, fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini I.Nazarov, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi PFL sport tadbirlarini uyushtirish bo‘limi boshlig‘i O.Adilov, Nasaf PFKning “Marketing” bo‘limi boshlig‘i Z.Karimova, Nasaf PFKning “Media” bo‘limi boshlig‘i Yu.Nabiev, Nasaf PFKning sport sharxlovchisi X.Temirov, fan klub a’zosi O‘.Uzoqov, Yoshlar murabbiyi E.Moyliev, Nasaf PFKning futbolchilari B.Abduholiqov, O.Bozorov, A.Mazgovoy, D.Narzullaev, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda 85 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.