Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Giyohvandlik, terrorizm-ekstremizm va odam savdosi transmilliy jinoyat

2019 yil 16 may kuni Qarshi shahar Madaniyat va aholi dam olish markazida Qashqadaryo viloyat hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakilligi, Qashqadaryo viloyat Narkologiya dispanseri bilan hamkorlikda, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari o‘rtasida “Giyohvandlik, terrorizm-ekstremizm va odam savdosi transmilliy jinoyat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Xayriddinov, Qashqadaryo viloyat hokimligi bosh mutaxassisi D.Sattorov, Qashqadaryo viloyat IIB “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish” bo‘limi xodimi, mayor R.Norboyev, Qashqadaryo viloyat IIB “Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish” bo‘limi xodimi, mayor L.Avazov, Qashqadaryo viloyat IIB “Giyohvandlikka qarshi kurashish” bo‘limi xodimi, mayor Z.Burxonov, Qashqadaryo viloyat Narkologiya dispanseri shifokori O.Rasulov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakili o‘rinbosari R.Norqo‘chqorov, Qashqadaryo viloyat “Yuksalish axborot resurs markazi” direktori Z.Xaydarova, fakultetlarning Yoshlar bilan ishash bo‘yicha dekan muovinlari, I.Xolbazarov, A.Ro‘ziyev, B.Jalilov, I.Nazarov, K.Mirzayev, U.Turayev, professor-o‘qituvchilar hamda 400 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan, dunyoning turli nuqtalarida sodir etilayotgan terroristik holatlar, odam savdosi, giyohvandlik kabi mudxish jinoyat va illatlar domiga tushib qolmaslik, yoshlarni turli g‘oyaviy tahdidlardan asrash, ularda mafkuraviy immunitet hosil qilish, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik, terrorizm-ekstremizm va odam savdosi kabi jinoyatchiliklarning oldini olish dolzarb vazifa ekanligi ta’kidlandi