Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish

2019 yil 14 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Neft va gaz fakultetida Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, Kashqadaryo viloyati ichki ishlari jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik O.Sulaymonov, Qarshi shahar ichki ishlari organlari faoliyatini muofiqlashtirish boshqarmasi 2-sonli bo‘lim boshlig‘i mayor A.X,Juraev, Qarshi shahar “Naxshab” MFY raisi, “Shurtangaz” MFY 7- mitti tuman IIB XPBTP profilaktika inspektori leytenant Z.T.Samandarov, “Naxshab” MFY IIB XPBTP profilaktika inspektori leytenant S.Sh.Tursunov, fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini I.Xolbazarov, fakultet xotin-qizlar raisi D.Azizova, fakultet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va Qarshi shahar 12-sonli maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblangan, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini kuchaytirish, talaba-yoshlar o‘rtasida turli huquqbuzarlik va jinoyatchilik, diniy ekstremizm va aqidaparastlikning oldini olish, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va huquqiy ongini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor vazifasi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.