Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Qishloq xo‘jaligida resurs tejovchi innovatsion texnologiya va texnik vositalarni yaratish hamda ulardan samarali foydalanish istiqbollari mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F-sonli farmoyishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi 205-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida 2019 yilda halqaro va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasiga muvofiq 2019 yil 15-16 may kunlari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Qishloq xo‘jaligida resurs tejovchi innovatsion texnologiya va texnik vositalarni yaratish hamda ulardan samarali foydalanish istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani o‘tkazildi.

Anjumanning yalpi yig‘ilishida, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Respublika xalq ta’limi a’lochisi, texnika fanlari doktori, akademik Sh.Yo‘ldoshev, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i, texnika fanlari doktori, professor R.Baymetov, laboratoriya rahbarlari texnika fanlari doktori D.Norchaev, texnika fanlari doktori Q.Imomqulov, doktorant X.Abulxaev, Toshkent “BMKB – Agromash” AJning Bosh direktori D.Ibragimov, Samarqand kasb – hunarga o‘qitish markazi direktori, texnika fanlari doktori, professor I.Ergashev, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, texnika fanlari doktori, Z.Botirov, Muhandis-texnika fakulteti dekani M.Aliqulov,institut professorlari F.Mamatov, S.Aliqulov, S.Eshev, kafedra mudirlari D.Chuyanov, Sh.Bo‘ronov, J.Raximov hamda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Anjuman davomida ishtirokchilar “Energetika va transport vositalari”, “Tuproqqa asosiy va ekish oldidan ishlov berish mashinalari”, “Ekish, o‘simliklarni parvarishlash, kasallik va zararkunandalardan himoyalash mashinalri”, “Ekin hosilini yig‘ishtirish mashinalari”, “Kichik texnika vositalari va qishloq xo‘jalik mahsulotlariga dastlabki ishlov berish qurilmalari”, “Qishloq xo‘jalik mashinalarini ta’mirlash, ularga texnik servis ko‘rsatish va mashina – traktor parklarida foydalanish darajasini oshirish”sho‘ba bo‘yicha olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan ilmiy ma’ruzalar qilishdi.

Anjuman doirasida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash”ga oid yaratilgan ishlanmalar, ixtirolar, patentlar, modellar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.