Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari, professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlari o‘rtasida “Yugurish marofoni” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusining ikkinchi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tashabbusi ijrosini ta’minlash hamda may oyi “Sport oyligi” doirasida 2019 yil 17 may kuni Qashqadaryo viloyat Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari, professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlari o‘rtasida Yugurishmarofoni” o‘tkazildi.

Marafonda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 4000 nafar talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar faol ishtirok etishdi.

Marafonning yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida instututning Geologiya va konchilik fakulteti “Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi” ta’lim yo‘nalishining 102-17 guruh talabasi Firdavs Toshmurodov 3-o‘rinni, qizlar o‘rtasida institutning Geologiya va konchilik fakulteti “Konchilik ishi” ta’lim yo‘nalishining 111-17 guruh talabasi Farangiz O‘ktamova 2-o‘rinni, ishchi xodimlar o‘rtasida Muhayyo Samieva faxrli 1-o‘rinni, Sadoqat Soliqova 2-o‘rinni, Jamila Shoxdorova 3-o‘rinnga loyiq deb topildi.

Marafon so‘ngida, Qashqadaryo viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan faxrli o‘rinlarni egallagan talaba-yoshlar hamda ishchi xodimlarga 1-2-3- darajali diplom hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.