Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Ichimlik suv-global ekologik muammo

2019 yil 30 may kuni institutning Geologiya va konchilik fakulteti “Atrof muhit himoyasi va ekologiya” kafedrasi va “Yurt tarovati” gazetasi hamkorligida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan g‘olib deb topilgan “Qirq muammoning qirq yechimi” grant loyihasi asosida “Ichimlik suv-global ekologik muammo” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Xayriddinov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Oltin Meros” xalqaro xayriya jamoat fondining viloyat muassasasi raisi Sh.Ashurova, “Yurt tarovati” gazetasi bosh muharriri N.Ibragimova, Geologiya va konchilik fakulteti dekani U.Panjiev, “Atrof muhit himoyasi va ekologiya” kafedrasi mudiri B.Xolbaev, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda 60 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida, “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” ta’lim yo‘nalishi talabala-yoshlari o‘rtasida 10 ballik tizim asosida “Ichimlik suv-global ekologik muammo”, “Suv – hayot manbai”, “Toza havo – tanga davo” mavzularida tanlov tashkil etildi.

Tanlovda, ta’lim yo‘nalishi talaba-yoshlaridan tuzilgan “Ekzosfera”, “Aysberg”, “Yosh ekologlar” nomli jamoalar o‘zaro bellashdi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra: hakamlar hay’ati tomonidan “Ekzosfera” jamoasi 9 ball bilan faxrli 1-o‘ringa, “Aysberga” jamoasi 8 ball bilan 2-o‘ringa, “Yosh ekologlar” jamoasi 7 ball bilan 3-o‘ringa loyiq deb topildi.

Tadbir so‘ngida tadbir tashkilotchilari tomonidan tanlovda faxrli 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan jamoalarga hamda institutning Geologiya va konchilik fakulteti dekanatiga, “Atrof muhit himoyasi va ekologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilariga deplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.