Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Rektor va professor-o‘qituvchilar uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 5-bandi ijrosini institutda samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida 2019 yil 30 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Energetika fakulteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida hamkorlik pedagogikasi va uning vositasida ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish, pedagogik muloqotda muomala mudaniyatini yanada yuksaltirish, ta’lim sohasiga oid ulkan o‘zgarishlar va mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodlari va tashkiliy shakllari yuzasidan “Rektor va professor-o‘qituvchilar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda, institut rektori N.Maxmudov, institutning Energetika fakulteti dekani A.Raximov, fakultet dekan muovinlari hamda 85 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.