Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Ekologik ta’lim tabiatni muhofaza qilishning muhim omili

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi 434-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2019 yil 31 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 1-sonli talabalar turar joyi Ma’naviyat va ma’rifat xonasida, Ekoklubning tomonidan tashkil etilgan “Ekologik ta’lim tabiatni muhofaza qilishning  muhim omili” mavzusidadavra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda, institutning Geologiya va konchilik fakulteti “Atrof muhit himoyasi va ekologiya” kafedrasi professor o‘qituvchilari Sh.Muradov, R.Eshonqulov, D.Qilicheva, U.Turayev, Z.Boyirov, Yo.Karimov, Qashqadaryo viloyat gidrogeologiya ekspeditsiyasi faxriysi A.Raximov, D.Rajabova hamda 35 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.