Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Rektor va yoshlar uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusining ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 5-bandi ijrosini institutda samarali amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan 2019 yil 27 1 iyun kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Iqtisodiyot fakulteti “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishining 161-15, 166-15-guruhlari, “Kasb ta’lim iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishining 162-15 guruhi, “Buxgalteriya” ta’lim yo‘nalishining 164-15-guruhi, “Menejment” ta’lim yo‘nalishining 163-15-guruhi talaba-yoshlari o‘rtasida, Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning tub mazmun-mohiyatini tushuntirish va ularda ijtimoiy daxldorlik hissini uyg‘otish maqsadida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda, institut rektori N.Maxmudov, institutning o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari A.Qarshiev, fakultetning “Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri G.Jumaeva hamda 76 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.