Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Rektor va professor-o‘qituvchilar uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusi hamda 2019 yil 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning O‘zbekiston milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida berilgan topshiriqlar yuzasidan 2019 yil 3 iyun kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Muhandis-texnika fakulteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida hamkorlik pedagogikasi va uning vositasida ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish, pedagogik muloqotda muomala mudaniyatini yanada yuksaltirish, ta’lim sohasiga oid ulkan o‘zgarishlar va mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodlari va tashkiliy shakllari yuzasidan “Rektor va professor-o‘qituvchilar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda, institut rektori N.Maxmudov, fakultet dekani M.Aliqulov, fakultet dekan muovinlari hamda 72 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.