Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Quvnoqlar va zukolar ko‘rik-tanlovining “Rektor kubogi” bellashuvi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 26-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida 2019 yil 7 iyun kuni Qarshi shahridagi Madaniyat va aholi dam olish markazida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining barcha fakultet jamoalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukolar” ko‘rik-tanlovining “Rektor kubogi” bellashuvi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovda Texnologiya fakultetining “Texnologlar”, Geologiya va Konchilik fakultetining “Tinib tinchimas geologlar”, Energetika fakultetining “Enerjy” jamoasi, Neft va Gaz fakultetining “Boyvachchalar” jamoasi, Iqtisodiyot  fakultetining “Beklar”, Muhandis texnika fakultetining “O‘zimizni yigitlar” jamoalari tanlov Nizomi shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Ko‘rik-tanlov yakuniy natijasiga ko‘ra Geologiya va Konchilik fakultetining “Tinib tinchimas geologlar (TTG)” jamoasi bellashuvda faxrli 1-o‘rinni, Texnologiya fakultetining “Texnologlar” jamoasi 2-o‘rinni, Iqtisodiyot fakultetining “Beklar” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Quvnoqlar va zukolar ko‘rik-tanlovining “Rektor kubogi” bellashuvida faxrli 1-o‘rinni egallagan g‘olib jamoaga Rektor kubogi va noutbuk, 2- 3 o‘rinlarni egallagan jamoalarga institut kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.