Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

«O‘zbegimning lobar qizlari» ko‘rik-tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2019 yil 8 iyun kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, “Yurt tarovati” gazetasi bilan hamkorlikda, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular o‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari samaradorligini ta’minlash, kasbiy mahoratini yuksaltirish, mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “O‘zbegimning lobar qizlari” tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlov tasdiqlangan Nizom asosida ishtirokchi qizlar 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar: Tanishtiruv, “Aql charxi, “Sharqning go‘zal ayollari”, “Xalqimizning go‘zal qadriyatlari” shartlari asosida o‘tkazildi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra: institutning Texnologiya fakulteti talabasi Durdona Kozimova faxrli 1-o‘rinni, insitutning Iqtisodiyot fakulteti talabasi Nasiba Salimova hamda insitutning Neft va gaz fakulteti talabasi Asila Abdullaeva 2-o‘rinni, insitutning Muhandis-texnika fakulteti talabasi Dilnoza Ko‘charova hamda Geologiya va konchilik fakulteti talabasi Ma’mura Umirova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tanlov so‘ngida faol ishtirok etgan talaba-qizlarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.