Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Vazir va yoshlar uchrashuvi

2019 yil 10 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Madjidov Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutiga tashrif buyurib, iqtidorli va ijtimoiy faol talaba-yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida vazir oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida fikr bildirib, oliy ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirish lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan talaba-yoshlarning taklif va tavsiyalarini eshitdi.