Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Yosh olimlar nigohida xorijiy ilmiy tajriba

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori va 2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2019 yil 17 iyun’ kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Yosh olimlar kengashi, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida, talaba-yoshlar o‘rtasida “Yosh olimlar nigohida xorijiy ilmiy tajriba” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda, Janubiy Koreyaning Sedjong universiteti yosh olimi E.Jumayev, O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri, professor Y.Ergashova, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Z.Eshonqulov, institut yosh mustaqil izlanuvchi o‘qituvchilari hamda 54 nafar talaba-yoshlari ishtirok etishdi.