Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Robototexnika” bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusining ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 16 maydan boshlab Qarshi shahridagi “Nasaf” ilm maskanida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda Toshkent shahridagi UIT (UNIQUE INNOVATION TREE) o‘quv markazi bilan hamkorlikda 10 yoshdan yuqori bo‘lgan, yuqori bilmga ega bo‘lgan, iqtidorli, robototexnikaga qiziquvchi maktab o‘quvchilariuchun dastlabki “Robototexnika” bo‘yicha o‘quv kursi o‘z ishini boshladi.

Robototexnika bo‘yicha o‘quv kurslarida: dasturlash, modellashtirish sxemotexnika, robototexnika, axborot texnologiyalari bo‘yicha mashg‘ulotlarni UIT (UNIQUE INNOVATION TREE) o‘quv markazining yetakchi mutaxassislari hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Neft va gaz fakulteti “Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishining yuqori kurs talabalari tomonidan olib borilmoqda.