Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurash

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissisyasi raisi A.Aripovning 2019 yil 2019 yil 21 maydagi 14/1-2894-son topshiriq xati hamda Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi tomonidan ishlab chiqilgan 2019 yil iyun oyida “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2019 yil 18 iyun kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Neft va gaz fakultetida Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, Qarshi shahar “Navbatchilik” qism boshlig‘i A.Berdiyorov, fakultetning Yoshlar bilan ishash bo‘yicha dekan muovini I.Xolbazarov, fakultet professor-o‘qituvchilar hamda 70 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan, yoshlarni turli g‘oyaviy tahdidlardan asrash, ularda mafkuraviy immunitet hosil qilish, yoshlar o‘rtasida giyohvandlikoldini olish dolzarb vazifa ekanligi ta’kidlandi.