Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissisyasi raisi A.Aripovning 2019 yil 2019 yil 21 maydagi 14/1-2894-son topshiriq xati hamda Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi tomonidan ishlab chiqilgan 2019 yil iyun oyida “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2019 yil 20 iyun kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyat vakilligi bilan hamkorlikda, talaba-yoshlari o‘rtasida “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, Qarshi shahar Mohollot jome’ masjidi imomi xatibi E.Sattorov, Murabbiylar kengashi raisi S.Ibragimov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Z.Eshonqulov, fakultet professor-o‘qituvchilar hamda 80 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.