Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

27 iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni”

2019 yil 24 iyun kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo’limi hamda“Yurt tarovati” gazetasi bilan hamkorlikda 27 iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan “El ardog’idagi jurnalistlar” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirda, institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor А.Xayriddinov, Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi bosh muxarriri Z.Аminova, muxbir B.Yusupov “Yurt tarovati” gazetasi direktori N.Ibragimova, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamoat fondining viloyat muassasasi raisi Sh.Аshurova, “Psixolog maslahati” gazetasi bosh muxarriri А.Аbduxalilov, institut matbuot kotiblari Sh.Аlixanova, O.Raximov, institut professor-o’qituvchilari hamda 70 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan, jamiyatimizda demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, fuqarolarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, dunyoda va mamlakatimizda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy ma’lumotlar yetkazish borasida matbuot ahlining fidokorona mehnati borligi, ushbu ming-minglab olijanob kasb egalarining sa’y-harakatlari, iste’dod va mahorati bilan mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xalqimiz hayotiga, uning quvonch va tashvishlariga tobora yaqin bo’lib, O’zbekistonning yangi, demokratik qiyofasini shakllantirishda g’oyat muhim ekanligi haqida ta’kidlab o’tildi.
Tadbir so’ngida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan institut hayotidagi yangiliklarni yoritishda faol ishtirok etayotgan jurnalistlar, faol guruh murabbiylari hamda 2018-2019 o’quv yili davomida turli xil o’tkazilgan tanlovlarda faxrli o’rinlarni egallagan talaba-yoshlar institut rahbariyati va Kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi.