Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” yugurish marofoni o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusining ikkinchi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tashabbusi ijrosini ta’minlash hamda “Yoshlar oyligi” doirasida 26 iyun kuni viloyatdagi Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida 26 iyun – “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida Yugurishmarofoni” o‘tkazildi.

Marafonda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 400 nafar talaba-yoshlar faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi va tashkilotchilar tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.