Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Viloyat iftixorlari yoshlar davrasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusining ikkinchi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tashabbusi ijrosini ta’minlash yuzasidan 2019 yil 27 iyun kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jaxon chempionatlari g‘olib va sovrindorlari xamda taniqli sportchilar ishtirokida talaba-yoshlar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda, institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Xayriddinov, miliy kurash sport turi bo‘yicha ikki karra jaxon chempionlari Baxrom Avazov, Isoq Axmedov, gimnastika sport turi bo‘yicha osiyo chempioni Farangiz Axmatova, uchinchi yoshlar paraosiyo o‘yinlari chempioni Akobir Yangiboev, miliy kurash sport turi osiyo chempioni Anolid Normuminov, “Jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri R.Ergashev, professor-o‘qituvchilar hamda 75 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.