Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Institutda “Bitiruvchi-2019” tadbiri o‘tkazildi.

2019 yil 20 iyul kuni 2018/2019 o‘quv yilida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini muvaffaqiyatli tamomlagan bakalavr va magistrlarga diplomlarni topshirishga bag‘ishlangan “Oq yo‘l sizga aziz bitiruvchilar” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga korxona va tashkilot vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari hamda professor-o‘qituvchilar tashrif buyurishdi.
Tadbirni institut rektori N.Maxmudov kirish so‘zi bilan ochib, 2018/2019 o‘quv yilida institutni muvaffaqiyatli tamomlagan bakalavr va magistrlarni qizg‘in tabriklab, ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tiladi.
Tadbir davomida barcha bitiruvchi bakalavr va magistrlarga diplomlar institut rahbariyati va tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek o‘quv jarayonida va jamoat ishlaridagi faolligi, mehnatsevarligi, tirishqoqligi, ta’lim olish jarayonida bilimga chanqoqligi, ma’naviy yetukligi bilan profesor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida hurmat-e’tiborga sazovor bo‘lib, imtiyozli diplomga sazovor bo‘lgan iqtidorli talabalarning ota-onalariga institut rahbariyati tomonidan Tashakkurnomalar topshirildi.