Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Akademik guruh murabbiylarga o‘quv-seminar o‘tkazildi

2019 yil 28 avgust kuni Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida akademik guruh murabbiylari o‘rtasida 2019/2020 o‘quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Unda institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, fakul’tet dekanlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, kafedra mudirlari hamda barcha akademik guruh murabbiylari ishtirok etishdi.
O‘quv-seminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2019 yil 2 avgustdagi 699-sonli “Oliy ta’lim muassasalarining murabbiylar kengashi raislari hamda tarbiyachi-pedagoglari uchun seminar tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar kelishib olindi. Eng avvalo, talabalar turar joylari va ijara xonadonlarda yashovchi talabalar bilan birma-bir aloqa o‘rnatish, rektor, prorektorlar, dekanlar va ularning o‘rinbosarlari o‘quv yili davomida ijaradagi xonadonlariga borib, talabalarning hol-ahvolidan xabardor bo‘lishi, ularning yashash sharoitlarini o‘rganishi lozimligi tushuntirildi. Bu albatta, ertaga, institut talabasi bilan sadir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olishi uchun muhim tadbir hisoblanishi ta’kidlab o‘tildi.
Institutning barcha fakul’tetlar kesimida 300 nafardan ortiq akademik guruh murabbiylar tarkibi belgilab olindi va boshlanayotgan o‘quv yili davomida qilinadigan vazifalari rejalashtrildi.