Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

DAVRA SUHBATI – YANGI QONUNLAR MOHIYATIGA BAG‘IShLANDI

Hech kimga sir emas, hali hamon jamiyatimizda ayollarga nopisand qarash, ularning huquq va manfaatlarini oyoqosti qilish holatlari tez-tez kuzatiladi. Sal avval, senatorlar tomonidan yangi – “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandiki, buning natijasida kelajakda jamiyatimizda xotin-qizlarga nisbatan ishlatilgan zo‘ravonlik  va tazyiqlarga javoban toqatsiz muhit yaratiladi, bunday jinoyatlarga nisbatan keskin choralar ko‘riladi.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida aynan shu masalalar va yana bir “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kofolatlari to‘g‘risida”gi yangi qonunning mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

Tadbirda institutning talaba yigit-qizlari, professor-o‘qituvchilar, xotin-qizlar qo‘mitasining mas’ullari va qonun loyihasi haqida tushunchalar beruvchi mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.