Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

INSTITUTNING KITOB FONDI KENGAYDI

Bilim – xazina bo‘lsa, xazinaning kaliti kitobdir. Faqatgina kitob o‘qish bilangina yuksak marralarni zabt etish mumkin. Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning biri ham aynan shu – yoshlar orasida kitob o‘qish saviyasi va kitobxonlik darajasini oshirishga qaratilgan.

Kecha “O‘zburg‘uneftgaz” AJ direktori Ulfat Amanov tomonidan ana shunday beqiyos xazina – 2570 nomdagi o‘quv qo‘llanmalar va badiiy adabiyotlar Qarshi muhandislik institutining axborot resurs markaziga sovg‘a qilindi. “Foydali qazilma konlari geologiyasi va razvetkasi” kafedrasi rahbariyatining murojatiga ko‘ra amalga oshirilgan bu savobli ish ortidan, endi institutning barcha fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar yuzlab nomdagi o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy  va badiiy adabiyotlar bilan tanishib, o‘z bilimlarini oshirishlari mumkin. Bundan tashqari, o‘zbek va jahon adabiyotiga mansub o‘nlab durdona asarlar ham borki, uni o‘qigan har qanday kishining dunyoqarashi kengayib, ma’naviyati oshadi.