Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

TALABALAR TEATR TOMOSHASIDA

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining birinchi bosqich talabalari viloyat musiqali drama teatrining 87-mavsumi ochilish marosimi hamda yangi mavsumning ilk spektakli tomoshasida ishtirok etishdi.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 25 avgustdagi topshiriqlariga binoan, oliygohlarning birinchi bosqichiga qabul qilingan talabalarning oliy ta’lim muassasasi tizimidagi ko‘nikmalarini shakllantirish, ta’lim jarayonlariga tezkor kirishib ketishlarini ta’minlash, institut ichki tartib-qoidalarini tez va oson bilib olishlari uchun sharoit yaratib berish maqsadida birinchi kurs maktabi tashkil qilingan va bu maktab doirasida talabalar bilan sayhatlar, tanishuv uchrashuvlari va shunga o‘xshash ko‘plab ko‘ngilochar tadbirlar uyushtiriladi.

Ushbu ijodiy sayohat ham birinchi kurs maktabi doirasida tashkil etilgan. O‘zbek adabiyotining zabardast adiblaridan biri Tog‘ay Murodning asarlari asosida sahnalashtirilgan “Xush vaqt” spektakli institut talabalariga manzur bo‘ldi. Negaki, sahnada tarix, o‘zbekning dardli o‘tmishi, toza qalbi, nurli kelajak – “xush vaqt”lik kunlar kelishiga ishonchi tasvirlangan.