Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“AYOLNING JAMIYATDA VA OILADA O‘RNI”

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida oliygoh xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Ayolning jamiyatda va oilada o‘rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A. Xayriddinov, viloyat xalq deputatlari Kengashi deputati, “Olima” ayol uyushmasi raisi, professor Yu. Ergasheva, institutda faoliyat olib borayotgan xotin-qiz xodimlar, professor-o‘qituvchilar  ishtirok etishdi.

Tadbirda “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, professor Yulduz Ergasheva so‘zga chiqib, ayollarning jamiyatda va oiladagi o‘rni, yosh avlod tarbiyasidagi roli haqida qisqacha gapirilib, qonunchiligimizdagi o‘zgarishlar, xotin-qizlar manfaatlari himoyasiga bag‘ishlangan 2 ta yangi – “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” va “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihalari haqida tushunchalar berildi.

Yig‘ishda bugungi kunda ayollar jamiyatdagi barcha jabhalarda mehnat qilayotgani va xotin-qizlar erkaklar bilan teng huquqli ekanligi, ammo ayrim hollarda (ayniqsa rahbarlik faoliyatlarini olib borishlarida) ularning haq-huquqlarida to‘siqlar yuzaga kelayotgani, manfaatlari buzilish holatlari kuzatilayotgani aytildi. Yuqoridagi qonun loyihalari bilan endi nafaqat ish faoliyatlaridagi, balki, oilalarda sodir bo‘layotgan tahqirlashlar, zo‘ravonliklarga barham berilishi va keskin choralar ko‘rilishi yuzasidan atroflicha tushuncha va tavsiyalar berildi.