Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

TАLАBАLАR TURАR JOYI YANGICHА QIYOFА KАSB ETDI

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2-sonli talabalar turar joyi ochilish marosimi koʼtarinki kayfiyatda oʼtdi.
4 milliard 700,2 million soʼmlik mablagʼ evasiga kapital taʼmirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etgan bu bino institutning Neft gaz va Energetika fakultetlarida tahsil olayotgan 130 nafar talabani oʼz bagʼriga oladi.
Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbuslarida yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazishlarini tashkil qilish boʼyicha bir qator vazifalar belgilab berilgan. Bu borada talabalar turar joyida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan. Masalan, talabalar uchun institut axborot resurs markazining 2000 dan ortiq kitob fondiga ega filiali, internet bilan taʼminlangan axborot texnologiyalar markazi, stol tennisi, voleybol, ogʼir va yengil atletika sport turlari bilan shugʼullanish sharoitiga ega sport maydoni shay holatga keltirilgan. Nogironligi bor boʼlgan talabalar uchun barcha qulayliklarga ega maxsus xonalar tayyorlangan.
Har bir qavatda televizor koʼrib, boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazishlari uchun bittadan dam olish xonasi, ikkitadan oshxona, kir yuvish va yuvinish xonalari hozirlangan va ular zamonaviy mebel va maishiy texnika vositalari bilan taʼminlangan.