Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“BIZ YOSHLАR GIYOHVАNDLIKKА QАRSHIMIZ”

Viloyat Narkologiya dispanseri va Texnologiya fakulteti tomonidan institutda “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2019 yil 16 avgustdagi 87-03-3051-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan tashkil etilgan davra suhbatida viloyat narkologiya dispanseri shifokori J.Suvonov soʼz olib, yoshlarga giyohvandlik asr vabosi ekanligi, bunday zararli odatlarga oʼrganib qolish, birinchi navbatda, salomatlikka, undan keyin moddiy imkoniyatlarining chegaralanishiga, eng yomoni insoniylik hislatlarining yoʼqolishiga olib kelishi mumkinligini misollar bilan tushuntirib berdi. Bunday ogʼuning domiga ilinib qolgan odam nafaqat oʼzining, balki yaqinlarining ham hayotini ostin-ustun qilib yuborishi mumkinligini alohida taʼkidladi.
Bundan tashqari, koʼpgina retsept asosida berilishi lozim boʼlgan uxlatuvchi va qon tomirlarni kengaytiruvchi dorilar retsepsiz sotib olinib, narkotik modda sifatida isteʼmol qilinayotgani, buning ortidan kelib chiqadigan salbiy oqibatlar ortidan yoshlar orasida oʼlim holati tez-tez qayd qilinayotgani aytib oʼtildi. Talabalar ogohlikka chaqirildi, avvalo oʼzlari, keyin atrofidagilar orasida bunday salbiy odatlarni oldini olish borasida mutasaddilarga koʼmakchi boʼlishlari lozimligi aytildi.