Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“YOSH TEXNOLOGLAR” – “ZAKOVAT” BELLASHUVI G‘OLIBI

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti “Zakovat” klubi tomonidan “Yuksak ma’naviyatli avlod” shiori ostidagi bilimdonlar bellashuvi o‘tkazildi. Unda oliygohning Energetika fakultetidan 2 ta – “Fortuna” va “Tesla Team”, Neft va gaz, Muhandis-texnika, Geologiya va konchilik, Iqtisodiyot va Texnologiya fakultetlarining “Burgut”, “Adolat”, “Geologlar”, “Iqtisodchilar” va “Yosh texnologlar” jamoalari bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Bilimdonlar bellashuvining yakunida 3-o‘rin Muhandis-texnika fakultetining “Adolat”, 2-o‘rin esa Iqtisodiyot fakultetining “Iqtisodchilar” jamoalariga nasib qildi. 7 ta jamoa orasida o‘z intellektual salohiyatini to‘la namoyon qilgan Texnologiya fakultetining “Yosh texnologlar” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi IBT tomonidan diplom va badiiy asarlardan iborat kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Jamoalarning eng bilimdon a’zolari institutning “Zakovat” klubi uchun saralab olindi.

QarMII matbuot xizmati.