Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“O‘ZBEKISTON – MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIK YURTI”

Qarshi shahar Madaniyat va aholi dam olish markazida Qashqadaryo viloyat hokimligi, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlari idorasi viloyatdagi vakilligi hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamkorligida “O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, viloyat hokimligi mutaxassisi D.Safarov, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i O.Uzoqov, viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi mutaxassislari B.Mustafoev, Sh.Abdullaeva hamda O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlari idorasi viloyatdagi vakilligi mutaxassisi Ya.Mansurov ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 2019 yil 15 yanvarda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning        2-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil-inoq umrguzaronlik qilayotgani, o‘zga millat va din vakillarining manfaatlari konstitutsiyamiz va qonunlarimizda o‘z aksini topgani, huquqiy tomondan himoyalab qo‘yilgani haqida gapirishdi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishida ham xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalasi belgilab berilganligiga alohida urg‘u berildi.

Tadbir davomida 156 nafar vatandoshlarimizni Suriya davlatidan olib kelishdagi jarayonlar haqida hikoya qiluvchi “Mehr” operatsiyasi” videofilmi namoyish etildi.

QarMII matbuot xizmati.