Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

PSIXOLOG TАLАBАLАR BILАN UCHRАSHDI

Jamiyatning kelajagi, ertangi taqdiri va rivoji koʼp jihatdan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar, yaʼni boʼlgʼusi mutaxassislar qoʼlida boʼladi. Аynan shuning uchun ham talabalarning ongini maʼnaviy-maʼrifiy tomondan shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik asoslar asosida tarbiyalash kerak.
Shularni inobatga olgan holda, institut psixologi Barno Kalonova 26-27 sentyabr kunlari Energetika hamda Iqtisodiyot fakultetlarining birinchi bosqichiga qabul qilingan talabalar bilan uchrashdi. Talabalar bilan psixologik xizmat va taʼlim jarayonidagi ijtimoiy adaptatsiya bilan bogʼliq muammolari haqida gaplashdi. Talabalarning ijtimoiy-psixologik pasporti va portretining mazmuni bilan tanishtirdi.

QarMII matbuot xizmati