Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

QarMIIDAN IKKI JAMOA YARIM FINALGA CHIQDI

“Faol fuqaro” debat klubi respublika tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etuvchi jamoalarni saralash o‘yinlari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida bo‘lib o‘tdi. Unda Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi davlat universiteti, TATU Qarshi filiali hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialidan ikkitadan jami 8 ta jamoa qatnashdi.

Jamoalar qur’a tashlash yo‘li bilan “Inkor” va “Tasdiq” jamolariga ajratildi. Munozaralar – “Elektron kitob oddiy kitobdan afzal” degan mavzuda bo‘ldi. Qizg‘in va murosasiz savol-javoblar ruhida o‘tgan bahslarda – “Elektron kitob oddiy kitobdan afzal”, degan qarashni noto‘g‘ri ekanligini isbotlagan “Inkor” jamoalari g‘olib bo‘lishdi. Saralash yakuniga ko‘ra, TATU Qarshi filiali va Toshkent irrigatsiya va va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialidan bittadan, QarMIIdan 2 ta jamoa navbatdagi – yarim final o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

QarMII matbuot xizmati.