Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

USTOZGА EHTIROM

Energetika fakulteti, “Xorijiy tillar” va “Oʼzbek va rus tili” kafedralari hamkorligida fakultetda 1 oktyabr – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Energetika fakulteti dekani А.Raximov soʼzga chiqib, fakultetda uzoq yillar faoliyat olib borgan marhum professor-oʼqituvchilarni yodga oldi, ularning suratlari namoyish etildi, mehnat faoliyatlari haqida qisqacha toʼxtalib oʼtildi. Oʼtkanlar xotirasiga hurmat maʼnosida bir daqiqa sukut saqlandi. Ularning kasblariga boʼlgan sadoqatlari, fakultetda hozirgacha saqlanib kelayotgan ustoz-shogird anʼanalari haqida gapirildi.
Shundan soʼng, Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqining institut boshlangʼich tashkiloti iqtidorli talabalari tomonidan sahnalashtirilgan sahna koʼrinishlari hamda fakultetning “ENERJE” quvnoqlar va zukkolar jamoasining bir-biridan qiziqarli chiqishlari namoyish etildi. Sahna koʼrinishlari oʼqituvchi va murabbiylarga manzur boʼldi.
Tadbir soʼnggida, faol ishtiroki uchun bir guruh iqtidorli talabalar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

QarMII matbuot xizmati.