Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“INKOR” RESPUBLIKADA VILOYAT SHARAFINI HIMOYA QILADI

Bugun Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining Ma’naviyat va ma’rifat xonasida “Faol fuqaro” debat klubi respublika tanlovining viloyat birinchiligi  final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Final o‘yinlarida Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining “Inkor” va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti Qarshi filialining “Tasdiq” jamoalari “Katta shaharlarda yashash qishloqlarda yashashdan afzal” mavzusida munozara olib borishdi. Munozaralar qizg‘in va murosasiz bo‘ldi. Har ikki taraf ham qarashlarida sobit turishdi, tomonlarning o‘yin davomidagi harakatlari “jangovor” tus oldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Negaki, sabablar va fikrlarning barchasi haqiqat, yillar davomida o‘z isbotini topgan. Ammo yakunda faqat bir jamoa g‘olib, boshqasi mag‘lub bo‘lishi ham har qanday o‘yinning inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqati. Shunga ko‘ra, “Katta shaharlarda yashash qishloqlarda yashashdan afzal” degan fikrni rad etgan QarMIIning “Inkor” jamoasi spikerlari g‘olib bo‘lishdi. Ular tanlovning Toshkent shahrida o‘tkazilishi kutilayotgan respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Bundan tashqari jamoalar ishtirokchilari “Eng yaxshi I spiker” “Eng yaxshi II spiker” “Eng yaxshi III spiker” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandilar.

Respublika bosqichida institutimiz va viloyatimiz sharafini himoya qiladigan “Inkor”chi talaba-yoshlariga omad yor bo‘lsin!

QarMII matbuot xizmati.